Blog

«Hududgazta’minot»

Oʻzbekiston Respublikasi  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 13-dekabrdagi 33-8/8879-sonli xatida “Raqamli Oʻzbekiston-2030” Strategiya doirasida “Raqamli transformatsiya” loyixalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan boʻlib, unda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda maxalliy davlat xokimiyati organlarining axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlimlari xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, shu jumladan Cisco, Coursera, Huawei, Microsoft va IBM kabi nufuzli tashkilotlarining xalqaro IT- sertifikatlarini olishlarini tashkillashtirish Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tomonidan tashkil etilishi maʼlum qilinmoqda. Ushbu Markazlar tomonidan xalqaro IT-sertifikatlar olish maqsadida tashkil etilayotgan maxsus oʻquv kurslarda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlar malakasini oshirish, hamda xalqaro sertifikatlarni olish  maqsadida “HUDUDGAZ KOMPLEKTASIYA” UKsi mazkur oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha extiyoji borligini maʼlum qiladi.

Shu sababli Sizdan ushbu ish va xizmat uchun tijorat taklif berishingizni soʻraymiz.

Xujjatlarni quyida koʻrsatilgan elektron manzilga yuborishingizni soʻraymiz: hududgazk@gmail.com ilikomplektasiya.uk.20@inbox.ru

 Bizning veb-sayt: hududgaz-k.uz.  Maʼlumot uchun telefon   (90) 014 90 11  

LEAVE A COMMENT

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *